1-Oktyabr ustoz va murabbiylar kuni
USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TABRIK! ????????
Hurmatli ustozlar, mo‘’tabar murabbiylar!
Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jamoasi Sizlarni 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etadi!
Ustoz — inson qalbiga nur sochuvchi, uning taqdiriga yo‘l ko‘rsatuvchi, jamiyatning eng ulug‘ va sharafli kasb egasidir. Sizlarning sabr-toqatingiz, mehr-muhabbatingiz va fidokorona mehnatingiz tufayli yoshlarimiz nafaqat bilim oladi, balki insoniylik, odob-axloq, mas’uliyat va vatanparvarlik ruhida tarbiya topadi.
Texnikumimizda o‘qib, kelajakda xalq salomatligiga xizmat qiladigan yosh mutaxassislarni yetishtirish yo‘lida olib borayotgan mehnatingiz tahsinga loyiqdir. Sizlarning har bir darsingiz, har bir maslahat va yo‘l-yo‘riqlaringiz o‘quvchilarimiz hayotida yorqin iz qoldirmoqda.
Bu qutlug‘ kunda Sizlarga:
???? sog‘lik,
???? bardavom kuch-g‘ayrat,
???? xonadoningizga fayz-u baraka,
???? kasbiy muvaffaqiyatlar va doimo hurmat-e’tibor tilaymiz.
Sizlarning mehnatingiz — jamiyatning eng katta boyligi, mamlakatimiz ravnaqi va kelajagi uchun poydevordir.
Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jamoasi

Русский
English