14-yanva "Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan tadbir
1
14–YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI.
Hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar va mexmonlar!
Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jamoasi Sizlarni yurtimizda keng nishonlanadigan muhim sana — 14-yanvar, Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etadi!
Bu qutlug‘ kun mustaqil O‘zbekistonning tinchligi, osoyishtaligi va chegaralari daxlsizligini himoya qilayotgan mard va jasur yurt posbonlariga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtirom ramzidir. Bugun Vatan oldidagi burchni sidqidildan ado etayotgan harbiylarimiz, ichki ishlar xodimlari, milliy gvardiya safida xizmat qilayotgan o‘g‘lonlarimiz, shuningdek, har bir vatanparvar yigitlarimizga yuksak ehtirom ko‘rsatiladi.
Aziz yoshlar!
Sizlar ham kelajakda o‘z kasbingiz, bilim va mahoratingiz bilan Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilasiz. Tibbiyot sohasida bilim olib, inson salomatligini asrab-avaylashga hissa qo‘shishingiz — bu ham yurt himoyasining eng ulug‘ shakllaridan biridir. Shu bois texnikumimizda o‘qiyotgan har bir o‘quvchi Vatanga muhabbat, mas’uliyat va jasorat tuyg‘ulari bilan ulg‘aymoqda.
Ushbu bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, o‘qish va mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinchligi, osmonimiz musaffo, xalqimizning kelajagi yorug‘ bo‘lsin!
Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!

Русский
English