2025-Yangi yil bazmi
YANGI YIL BAZMI MUNOSABATI BILAN TABRIK
Hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar va texnikum jamoasi!
Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaydi!
Yangi yil — ezgu niyatlar, yangi imkoniyatlar va yorqin orzular boshlandi degani. O‘tib borayotgan yil davomida texnikumimiz jamoasi birgalikda ko‘plab yutuqlarga erishdi, ta’lim jarayoni yanada takomillashdi, yoshlarimiz bilim va mahoratini oshirib, kasbiy muvaffaqiyatlar sari dadil qadam tashladi.
Aziz ustozlar!
Sizlarning sabr-toqatingiz, fidoyiligingiz va mehrga to‘la mehnatingiz tufayli bugungi kunda texnikumimizda bilim olayotgan o‘quvchilar kelajakning yetuk, vatanparvar, malakali tibbiyot xodimlari bo‘lib ulg‘aymoqdalar. Sizlarga cheksiz hurmat va minnatdorchilik bildiraman.
Aziz o‘quvchilar!
Yangi yil sizning yangi g‘oyalaringiz, yangi maqsadlaringiz va bilim sari intilishlaringizga yanada kuch-quvvat bag‘ishlasin. Har biringizning muvaffaqiyatingiz — texnikumimizning faxri va yutug‘idir.
Yangi yil barchamizga tinchlik, fayz-u baraka, sog‘lik-salomatlik va quvonch olib kelsin!
Yurtimiz osmoni musaffo, el-yurtimiz farovon bo‘lsin!
2025-yil har bir oilaga baxt, har bir ishga baraka olib kirishini tilaymiz.
Yangi yil muborak bo‘lsin!

Русский
English