Virtual qabulxona

Telefon

+998937300384

Elektron pochta

beshariqmedtex0384@gmail.com

ish vaqti:

8:00 dan 16:00 gacha

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida "Ustoz va murabbiylar " kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TABRIK

Hurmatli ustozlar, aziz murabbiylar!

Beshariq Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi jamoasi Sizlarni yurtimizda yuksak e’zozlanadigan bayram — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etadi!

Ustoz — nur tarqatuvchi quyosh, murabbiy — inson qalbini kamolot sari yetaklovchi yo‘lko‘rsatgichdir. Sizlarning tinimsiz mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va mehr-muhabbatingiz tufayli texnikumimizda tahsil olayotgan yoshlar bilimli, vatanparvar, kasbiga sadoqatli mutaxassislar bo‘lib voyaga yetmoqdalar.

Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlashdek sharafli va mas’uliyatli vazifani bajarayotgan ustoz va murabbiylarimizga cheksiz tashakkur Bildiramiz. Sizlarning halol mehnatingiz, yurt va kelajak avlod uchun qilayotgan xizmatlaringiz har qanday e’tirofga loyiqdir.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Sizlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy farovonlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ilm yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz bardavom bo‘lsin, shogirdlaringizning har bir yutug‘i Sizlarga faxr va g‘urur bag‘ishlab tursin!

Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!