Konstitutsiya bizning qomusimiz
KONSTITUTSIYA KUNI MUNOSABATI BILAN TABRIK
Hurmatli ustozlar, aziz o‘quvchilar va mehmonlar!
Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texn
ikumi jamoasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining tantanali sanasi — Konstitutsiya kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Konstitutsiya — bu xalqimizning erki, orzu-intilishlari va kelajakka bo‘lgan ishonchini mujassam etgan Qomusimiz, huquq va erkinliklarimizning mustahkam kafolati, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy tayanchi hisoblanadi.
Bugun texnikumimizda ta’lim olayotgan yoshlar ham aynan shu Qomusda belgilangan huquq va erkinliklardan bahramand bo‘lib, kasbiy bilim va mahoratini oshirib, yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilmoqdalar. Sizlarning har biringiz kelajakda sog‘liqni saqlash tizimining bilimdon, mas’uliyatli va vatanparvar mutaxassislari bo‘lib yetishishingiz — Konstitutsiyamizda belgilangan ezgu maqsadlarning amaliy ifodasidir.
Ushbu muqaddas sana munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, tinchlik, farovonlik, o‘qish va mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimizda adolat, qonun ustuvorligi va inson qadri ulug‘lanadigan jamiyat barpo etilishiga o‘z hissangizni qo‘shib yashang!
Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!

Русский
English